Huawei 1
Rasman! Zidan faoliyatini yakunladi

Fransiyalik afsonaviy futbolchi Zinedin Zidanning o‘g‘li Enso Zidan 29 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Enso o‘z oilasi va investitsiya faoliyatiga eʼtibor qaratmoqchi. Kichkina Zidan “Real” Madrid akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U “qirollik klubi” o‘rinbosarlari tarkibida 100 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan.

Enso faoliyatida davomida shuningdek, “Alaves”, “Lozanna”, “Aves”, “Almeriya” va boshqa klublar to‘p surgan. Uning so‘nggi ish joyi Ispaniyaning “Fuenlabrada” klubi bo‘lib, u bu jamoada 2022 yildan 2023 yilgacha o‘ynagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102303 | Инструменты