“Real” Benzema va Kroosning gollari evaziga ishonchli g‘alaba qozondi, “Yuventus” 6 ta gol urilgan bahsda ochko yo‘qotdi

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 18-turida “Real Madrid” kecha, 22-yanvar kuni “Atletik” maydonida mehmon bo‘ldi.

Uchrashuvning 24-daqiqasida Karim Benzema madridliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Uchrashuvning so‘nggi daqiqasida esa Toni Kroos yakuniy hisobni o‘rnatdi — 0:2. Ushbu g‘alaba evaziga ochkolarini 41 taga yetkazib oldi va peshqadam “Barselona”ni (44) ta’qib qilishda davom etmoqda.

Shuningdek, kecha Italiya A Seriyasining 19-turida “Yuventus” va “Atalanta” jamoalari ham to‘qnash keldi.

Uchrashuvda bergamoliklar Ademola Lukmanning goli bilan hisobni ochdi. Bunga turinliklar Anxel di Mariya va Arkadiush Milikning kiritgan to‘plari bilan javob berdi. Ikkinchi bo‘lim boshida Yoakim Mele muvozanatni tikladi, ko‘p o‘tmay Lukman jamoasining uchinchi golini urdi. 65-daqiqada Danilo hisobni 3:3 ko‘rinishiga keltirdi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты