“Real” klubining FIFA Qitʼalararo kubogi finali uchun Qatarga parvozi rejalashtirilgan vaqtdan uch soatga kechikdi.
Bunga samolyot yukxonasida aniqlangan nosozlik sabab bo‘lgan. Klub parvozni keyinroqqa ko‘chirish va boshqa samolyotga o‘tish qaroriga kelgan.
Madridliklar chorshanba kuni bo‘lib o‘tadigan finalda Meksikaning “Pachuka” klubi bilan bahs olib boradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121714 | Инструменты