Joriy yilning 10 mart kuni AQShning Nyu-York shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi Nilufar Komilova vafot etdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa shahar transport departamentiga qarashli yuk mashinasi ishtirokida yuz bergan.
O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasi mazkur og‘ir va o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan yo‘qotish munosabati bilan marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.
Qayd etilishicha, Bosh konsulxona ayni paytda marhumaning oilasi bilan doimiy aloqada bo‘lib, zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatishga tayyor.
O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasi quyidagi manzil va aloqa vositalari orqali faoliyat yuritadi: 630 Third Avenue, 5th Floor, New York 10017, telefon: +1-212-754-74-03, elektron pochta: info@uzbekconsulny.org. Telegram: @nyconsul.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31312 | Инструменты