"Real" sobiq futbolchisi o'zi ko'rgan zo'r jamoa qaysi ekanligini aytdi

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi sobiq yarim himoyachisi Sami Xedira oʻzi koʻrgan eng yaxshi jamoa qaysi ekanligini aytdi.

“Madrid futbolchisi bo'lsamda, tan olib aytishim mumkinki, 2010-yillardagi “Barsa” — men koʻrgan eng yaxshi jamoa. Ajoyib jamoalarda oʻynaganman, lekin bu – shunchaki fantastik jamoa edi.

Menga qarshi oʻynagan eng yaxshi futbolchilar, shubhasiz, Xavi va Inyestadir. Afsuski, ular hech qachon “Oltin toʻp”ni qoʻlga kirita olmagan. Shuningdek, Buskets ham bu ro'yxatda bor. Ular hech qachon toʻpni yoʻqotib qoʻyishmasdi”, — deydi Xedira.

Ma'lumot uchun, 2010-yilgi mavsumda Inyesta "Oltin to'p" uchun nomzodlar uchligiga kirgan, biroq o'shanda ham Lionel Messi sovringa ega chiqqan edi. Shu tariqa, "Barsa" afsonasi sovrinni yuta olmagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42320 | Инструменты