Italiya chempionatining 28-turidan o‘rin olgan bir nechta o‘yinlar yakunlandi.
“Roma” 1-daqiqadagi gol evaziga “Empoli”ni mag‘lub etib, ketma-ket 5-g‘alabasini qo‘lga kiritdi va turnir jadvalida 7-o‘ringa ko‘tarildi. O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov maydonda 72 daqiqa harakat qilib, bir necha qulay imkoniyatlarga ega bo‘ldi.
Shuningdek, bu turda “Napoli” (60, 2-o‘rin) o‘z uyida “Fiorentina”dan (45, 8-o‘rin) ustun kelib, peshqadam “Inter” (61) bilan minimal farqni qaytardi.
“Bolonya” (50, 6-o‘rin) safarda “Verona” (26, 15-o‘rin) ustidan g‘alaba qozonib, 5-o‘rindagi “Latsio”ga yetib oldi.
A Seriya. 28-tur. 9 mart
Empoli — Roma 0:1
Gol: Soule (1).
Napoli — Fiorentina 2:1
Gollar: Lukaku (26), Raspadori (60) — Gudmundsson (66)
Verona — Bolonya 1:2
Gollar: Moskera (80) — Odgor (40), Kambiyagi (78).
Chetlatish: Valentini (70).
Alpha version: 0.9.1.19 build 31522 | Инструменты