Rimliklar, shuningdek, uni boshqa jamoa futbolchisiga almashtirishga ham tayyor
Italiyaning “Roma” klubi jamoa hujumchisi Eldor Shomurodovni sotib olish huquqisiz ijaraga qoʻyib yubormoqchi emas.
“Boʻrilar” 27 yoshli forvardning transferi uchun 13-14 mln yevro xohlashmoqda. Uning “Transfermarkt” portali boʻyicha narxi esa 7 mln yevroni tashkil qiladi. Shuningdek, rimliklar Eldorni boshqa jamoa futbolchisiga almashtirishga ham rozi.
Oʻzbekiston terma jamoasi sardori “Roma”da qatorasiga 6 rasmiy oʻyindan beri maydonga tushirilmayapti. Avvalroq, unga “Torino” jiddiy qiziqayotgandi. Ammo turinliklar futbolchini sotib olish huquqisiz ijaraga olmoqchi va bu “boʻrilar”ni qanoatlantirmaydi.
Oldinroq, Shomurodovga “Lill”, “Valyadolid” hamda “Bayer” ham qiziqayotgani haqida xabarlar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60113 | Инструменты