Huawei 1
«Kimgadir yoqadimi-yoqmaydimi, Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda davom etamiz» - Abdulaziz Komilov

O‘zbekiston prezidenti huzuridagi xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari, prezidentning tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov intervyu berdi. O‘zbekistonning sobiq tashqi ishlar vaziri intervyuda «Markaziy Osiyo+» formatidagi uchrashuvlar, xususan, Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik masalalariga to‘xtaldi.

«Tarixda birinchi marta Markaziy Osiyo davlatlari yagona subyekt bo‘lib, o‘zlarining yangi mavqeyini namoyish qilyapti, bu mavqeni xalqaro hamjamiyat tan olyapti va mana shu asosda yangi formatlar paydo bo‘lyapti. Bugungi kunda «Markaziy Osiyo+» formatlarining soni o‘ndan oshdi. Yirik davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan mana shu format bor.

Yaqinda Samarqandda «Yevropa Ittifoqi + Markaziy Osiyo» sammiti juda samarali o‘tdi. Natijada strategik hamkorlik deklaratsiyasi qabul qilindi.

Markaziy Osiyo davlatlarining siyosati – juda pragmatik siyosat. Mana, solishtirib ko‘ring, Markaziy Osiyo – beshta davlat, Yevropa Ittifoqi – 28 ta davlat. Yevropa Ittifoqining yalpi ichki mahsuloti taxminan 19 trillion dollar. Albatta, bizning pragmatik manfaatimiz bor. Ular bilan kimgadir yoqadimi-yoqmaydimi, biz, albatta, mana shu hamkorlikda davom etamiz. Bu birinchisi.

Ikkinchisi, Markaziy Osiyo haqida ko‘pincha ekspertlar, ko‘zga ko‘ringan siyosatchilar aytyaptiki, bu – boshqa davlatlarga namuna, model bo‘lishi mumkin. Qo‘shni davlatlar do‘stona aloqalarni o‘rnatib, yaxshi qo‘shnichilik tamoyili asosida yashashi mumkin, degan ma’noda», dedi Abdulaziz Komilov.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72921 | Инструменты