U ushbu uchrashuvning eng yomon futbolchisi deb topilgan
Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Real Sosyedad” bilan Yevropa ligasi guruh bosqichi 1-tur uchrashuvida (0:1) WhoScored portali tomonidan oʻz jamoasining barcha futbolchilari orasida eng past bahoni oldi.
Ronaldu asosiy tarkibda maydonga tushdi va 90 daqiqa oʻynadi. Epizodlarning birida portugaliyalik futbolchi gol urganiga qaramay, ushbu vaziyatda ofsaydd qayd etilganligi sababli uning goli inobatga olinmadi.
Hammasi boʻlib Krishtianu 4-marta zarba berdi, 39-marta toʻpga tegdi va 21 ta uzatmani 90,5% aniqlik bilan amalga oshirdi. Yakuniy WhoScored portali balli 5,87 ni tashkil etadi, bu “Manchester Yunayted” tarkibidagi eng yomon ball. “MYU” tarkibida eng yaxshi ball Antoni Elangaga (7,12) tegishli boʻldi. “Real Sosyedad” darvozaboni Aleks Remiro esa (7,5) ball oldi.
Avvalroq, Ronaldu asosiy tarkibda maydonga tushgan o‘yinlarda “Manchester Yunayted” yomon natija qayd etayotgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20716 | Инструменты