Ronaldu “Bavariya”ga oʻtmaydi. Buning ikkita jiddiy sababi bor

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu OAVdagi mish-mishlarga qaramay, “Bavariya” futbolchisiga aylanmaydi. Bu haqda Yevropaning nufuzli “ESPN“ hamda “Sport Bild” nashrlari ma’lum qilgan.

Manbaning xabariga koʻra, Ronalduning Myunxen klubiga oʻtmasligining ikki jiddiy sababi bor. Birinchisi — 37 yoshli portugalning yuqori maoshi. Ikkinchisi esa uning bosh murabbiy Yulian Nagelsman uslubiga integratsiyalashuvi qiyinligi. Ushbu sabablar keltirilgan holda insayderlar Krishtianuning Myunxen klubiga oʻtmasligi haqida ishonch bilan yozishmoqda.

Avvalroq, Ronalduning agenti “Barselona” prezidenti bilan uning transferini muhokama qilganligi haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102005 | Инструменты