Toshkentning beshta tumanida IIO FMBga yangi rahbarlar tayinlandi

Toshkent shahrining beshta tumanida ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga (IIO FMB)ga yangi rahbarlar tayinlandi.

Bungacha Yunusobod tumanida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha boshliq o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Akmal Bahromov Uchtepa tumani IIO FMB boshlig‘i etib tayinlandi.

Akmal Bahromov

Olmazor tumanidagi shu kabi boshqarmani boshqargan Mahkam Vafoyev Yunusobod tumani IIO FMB boshlig‘i etib tayinlandi. Endi uning o‘rnini Ibrohim Hasanov egalladi.

Mahkam Vafoyev

Iskandar Rashidov Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB boshlig‘i, Ulug‘bek A’zamxo‘jayev esa Bektemir tumani IIO FMB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Ulug‘bek A’zamxo‘jayev
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101813 | Инструменты