102! Bu militsiya raqami emas. Ronalduning Portugaliya terma jamoasidagi gollari soni shunchaga yetdi. Jahon rekordi uchun yana 7ta gol qoldi
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu kecha Andorraga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida gol kiritib, jamoasining yirik 7:0 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shdi.
Ushbu gol Ronalduning terma jamoadagi 102-goli bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha faqatgina Eron terma jamoasining sobiq hujumchisi Ali Dai Ronaldudan oldinda turibdi. Uning hisobida 109ta gol bor (Bu gollarning bir qanchasini Ali Dai O‘zbekiston darvozasiga kiritgan).
Shunday qilib, Ronaldu terma jamoa tarkibida gol kiritish bo‘yicha jahon rekordini takrorlashi uchun unga 7ta gol kiritish kifoya.
Bundan tashqari, Andorraga qarshi uchrashuvdagi g'alaba Krishtianuning Portugaliya terma jamoasidagi 100-g'alabasi bo'ldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42119 | Инструменты
Ronalduga bu borada omad tilayman...!!
Olg'a Qirol CR7
Ronaldo hali gol kiritishda davom etadi va jahon rekordini gangilaydi
Vamos Cristiano CR7