Ryudiger Karvaxaldan Yaponiyani yutib berishini so‘ragani ma’lum bo‘ldi

Qatarda davom etayotgan Jahon chempionati doirasidagi Germaniya — Ispaniya uchrashuvidan soʻng, Antonio Ryudiger klubdoshi Karvaxalning oldiga kelib, 3-turda Yaponiyani yutib berishni soʻragani ma’lum bo‘ldi.

Bu maʼlumotni Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Karvaxal ham tasdiqlagan.

“U mendan Yaponiyani magʻlub etishni soʻradi. Oʻylashimcha, biz gʻalaba uchun bor kuchimiz bilan harakat qilishimizga hech kimga shubha qilmaydi. Raqib kim boʻlishidan qatʼiy nazar, birinchi navbatda biz gʻalaba qozonish uchun maydonga tushamiz”, — dedi Karvaxal.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya hamda Germaniya terma jamoasi o‘rtasidagi bahsda tomonlar durangga imzo chekdi. Keyingi bosqich masalasi endi so‘nggi turda hal etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты