Huawei 1
Shomurodov peshqadam, Holand ikkinchi, Messi beshlikda! Eng yaxshi toʻpurarlar roʻyxati eʼlon qilindi

Sentyabr oyidagi FIFA kunlari oldidan “Transfermark” portali terma jamoalarning 2022-yilgi eng yaxshi toʻpurarlari roʻyxatini eʼlon qildi. Unga ko‘ra, “Roma” hujumchisi Eldor Shomurodov yil boshidan buyon O‘zbekiston terma jamoasi safida 9ta gol kiritib, bu borada jahonda peshqadamlik qilmoqda.

Toʻpurarlar roʻyxatida oʻzbekistonlik goleadordan keyingi oʻrinni Norvegiya hujumchisi Erling Holand va Kamerun forvardi Vensan Abubakar egallagan – 8tadan gol.

Senegal va “Bavariya” klubi forvardi Sadio Mane bu yil terma jamoasida 7 ta gol kiritgan boʻlsa, PSJ hujumchisi Lionel Messi Argentina termasi safida oʻz hisobiga 6 gol yozib qoʻygan.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston terma jamoasi FIFA kunlari doirasida ertaga, 23-sentyabr kuni Janubiy Koreyada Kamerunga qarshi, 27-sentyabr kuni esa Kosta-Rika bilan oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushadi. Eldor Shomurodov bu bahslarda gollari sonini oshirish imkoniyatiga ega boʻladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92213 | Инструменты