Huawei 1
Toshkentga Nyu-Yorkdan uchib kelgan yo‘lovchining sumkasidan o‘q chiqdi

Toshkent shahriga AQSHning Nyu-York shahridan uchib kelgan yo‘lovchining sumkasidan o‘qotar qurolning o‘qlari topildi. Bu haqda “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent xalqaro aeroportida Nyu-Yorkdan uchib kelgan, yashil yo‘lakdan harakatlangan yo‘lovchiga tegishli bir dona qora rangli chemodan rentgen apparati orqali ko‘zdan kechirilganda, undagi tasvirlar bojxona xodimida shubha uyg‘otgan. 

Ushbu bagaj xolislar ishtirokida sinchkovlik bilan tekshirilganda, ichidagi kiyim-kechaklar orasidan 3 dona “Belom” yozuvli 7.6x39 kolibrili o‘qotar qurolining o‘qlari borligi aniqlangan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41820 | Инструменты