Huawei 1
Toshkentda aliment to‘lashdan qochgan ota devor ortidan topildi

Toshkent shahar Yunusobod tumanida uch nafar farzandini moddiy ta’minlashdan qochib yurgan ota oxir-oqibat qidiruv orqali devor ortidan topildi. Bu haqda Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 2023 yil 5 maydagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor N.H. dan undiruvchi Sh.H. foydasiga uch nafar voyaga yetmagan farzandlari ta’minoti uchun 1/2 qism miqdorida  aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati byuroning Yashnobod tuman bo‘limiga 2023 yil 8 iyulda kelib tushgan va ijro ishi qo‘zg‘atilgan.Qarzdor ota 2024 yil aprel oyidan beri qidiruvda bo‘lib, farzandlarini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlab, qochib yurgan. Tezkor qidiruv natijasida qarzdor erkak uyining tashqi devori ortidan topilib, unga nisbatan to‘plangan hujjatlar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 471-moddasiga asosan jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudiga yuborilgan. 

Sud qaroriga asosan qarzdorga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangandan so‘ng, qarzdor erkakning qarindoshlari tomonidan 54 mln 562 ming so‘m aliment qarzi to‘lab berilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41819 | Инструменты