Huawei 1
Qashqadaryoda Damas to‘liq holda yonib ketdi

Joriy yilning 8 aprel kuni Qashqadaryo viloyatida Damas rusumli avtomobil to‘liq holda yonib ketdi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, ushbu holat 8 aprel kuni soat taxminan 22:00 lar atrofida ro‘y bergan. Yong‘in haqida xabar kelib tushgandan so‘ng, tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limidan 1 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi voqea joyiga soat 22:17 da yetib borib, yong‘inni qisqa vaqt ichida o‘chirgan. Yong‘in oqibatida 2001 yilda ishlab chiqarilgan oq rangli Damas rusumli transport vositasi to‘liq zarar ko‘rgan.

“Sodir bo‘lgan vaziyat ortidan hech kim kuyish tan jarohati olmagan. Yong‘in sababi va moddiy zarariga aniqlik kiritilmoqda”, deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41820 | Инструменты