Superligada yilning eng yaxshi murabbiyi va eng chiroyli goli uchun nomzodlar e'lon qilindi
O‘zbekiston Superligasining oktabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi nomiga da’vogarlar ro‘yxati ma’lum qilindi.
Quyidagi mutaxassislar g‘oliblik uchun kurash olib boradi:
Mirjalol Qosimov (“OKMK”) — 4 o‘yinda 3 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat, to‘plar nisbati 7:1;
Luisma Ernandes (“Metallurg”) — 4 o‘yinda 3 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat, to‘plar nisbati 4:2;
Ro‘ziqul Berdiyev (“Nasaf”) — 4 o‘yinda 2 g‘alaba, 2 durang, to‘plar nisbati 5:3;
Migel Alvares (“Surxon”) — 4 o‘yinda 3 g‘alaba, 1 durang, to‘plar nisbati 7:3.

Shuningdek, oktabr oyining eng chiroyli goliga da’vogarlar ro‘yxati ham e’lon qilindi:
Islom Toshpo‘latov (“Surxon”);
Dilshod Saitov (“Nasaf”);
Izzatilla Abdullayev (“Neftchi”);
Javohir Sidiqov (“Qo‘qon-1912);
Kamron Saidazimov (“Surxon”);
Oybek Rustamov (“Qo‘qon-1912);
Jamshid Iskandarov (“Navbahor”) kabi futbolchilar g‘oliblik uchun kurashadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты