Toni Kroos o'zi bilan o'ynagan barcha pozitsiyalardagi eng yaxshi 4 futbolchi nomini aytdi

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi yarim himoyachisi va Germaniya terma jamoasi aʻzosi Toni Kroos faoliyati davomida u bilan bir jamoada yoki qarshi jamoada oʻynagan eng yaxshi futbolchilar kim ekanligini aytdi. Germaniyalik futbolchi eng kuchli oʻyinchilarni pozitsiyasiga qarab tanladi.

“Men faoliyatim davomida 700dan ortiq oʻyin oʻtkazdim, shuning uchun faoliyatim davomida har bir bahsda 1-2 ajoyib oʻyinchini uchratganman. Shuning uchun tanlov qilish juda qiyin.

Tanlashim kerak ekan, asosiy eʼtiborimni mana shu toʻrtlikka qarataman: darvozabon Manuel Noyer – sherik va raqobatchi sifatida. Himoyachi – Serxio Ramos. Yarim himoyachi – Luka Modrich. Hujumda, soʻzsiz, Krishtianu Ronaldu”, — deydi Kroos.

Avvalroq, Kroosning jamoadoshi Karim Benzemaning “Yilning eng yaxshi o'yinchisi” unvoni yo'lida eng yaqin ta'qibchisini katta farq bilan ortda qoldirgani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31207 | Инструменты