So'nggi paytlarda o'smirlar yuqori ligalarda asosiy tarkibda maydonga tusha boshlashdi. Yevropaning asosiy chempionatlaridan qaysi jamoalar o‘z yosh futbolchilariga ko‘proq ishonadi?
1-o'rin - "Barselona"
La Ligada kataloniyaliklar 19 yoshgacha bo'lgan besh nafar futbolchini maydonga tushirishmoqda. Ular 2621 daqiqa harakat qilishgan.
2-o'rin - "Reyms"
Liga 1ning yana bir jamoasida olti nafar o'smir asosiy tarkib futbolchisiga aylanmoqda. Ular birgalikda 1867 daqiqani maydonda o'tkazishgan.
3-o'rin - "PSJ"
Parij jamoasi Liga 1da 6 nafar U-19 futbolchisini maydonga tushirmoqda. Umuman olganda, bu yoshlar 1807 daqiqa harakat qilishgan.
4-o‘rin – “Monako”
Besh nafar o‘smir Liga 1da "Monako" safida o‘ynamoqda. Ular birgalikda 1468 daqiqa to'p surgan.
5-o'rin - "RB Leypsig"
Bundesliga klubi ayni vaqtda 19 yoshgacha bo'lgan to'rt nafar futbolchini maydonga tushirmoqda. Bu yigitlar maydonda umumiy hisobda 1243 daqiqa o'tkazishgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112112 | Инструменты