Turkiya AQShning Ukrainaga Rossiya hududida taktik raketa tizimlaridan foydalanishga ruxsat berishini to‘g‘ri deb hisoblamaydi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an G20 sammiti bo‘lib o‘tgan Braziliyadan qaytgach, jurnalistlarga ma’lum qilgan.
"Bayden Rossiya Federatsiyasi va Ukraina o‘rtasida urushni yanada qo‘zg‘atishga qaratilgan harakat sifatida baholanishi mumkin bo‘lgan qadamni qo‘ydi. Shu bois barchaga ehtiyot bo‘lishni tavsiya etaman. Ukrainaning Rossiya Federatsiyasiga raketa hujumlari sodir bo‘lishi mumkin. Bu mintaqani va dunyoni katta urush yoqasiga qo'yadi", dedi u.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112114 | Инструменты