Huawei 1
We Global: 6-turdagi g‘alabadan so‘ng O‘zbekistonning Jahon chempionatiga chiqish imkoniyati oshdi

Futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionati saralashning 3-bosqich 6-turidan o‘rin olgan bahsda KXDR ustidan qozongan g‘alabasi evaziga O‘zbekiston terma jamoasining mundialga chiqish imkoniyati 78 foizga baholanmoqda. Bu haqda We Global Football xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Srechko Katanets shogirdlarining 1-o‘rin bilan JCHga chiqish imkoniyati 8 foizni tashkil etmoqda. Guruh peshqadami Eron esa katta ehtimol guruh g‘olibi sifatida mundialga yo‘l olishi kutilyapti. Forslarning 1-o‘rin bilan JCHga chiqish imkoniyati 91,3 foizga baholangan.

“A” kvartetida amaldagi Osiyo chempionati va 2022 yilgi mundial mezboni Qatarning to‘g‘ridan to‘g‘ri JCHga chiqish imkoniyati 1 foizga teng. Qatarliklarda faqat guruhda 4-o‘rinni band etib, 77,6 foiz bilan 4-bosqichda ishtirok etish imkoniyati yuqori.

“B” guruhida Janubiy Koreya va Iroq, “C” guruhida esa Yaponiya va Avstraliyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri Jahon chempionati chiptasini qo‘lga kiritishi kutilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112114 | Инструменты