Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) “Real” futbolchilari Kilian Mbappe, Vinisius Junior, Daniel Sebalos va Antonio Ryudigerning liganing 1/8 finalida “Atletiko”ga qarshi o‘yindagi xatti-harakatlarini o‘rganish uchun etika va intizom bo‘yicha inspektor tayinladi.
Oldinroq OAVda "matraschilar" tomonidan UEFAga tegishli shikoyat yuborilgani haqida xabarlar paydo bo'lgandi.
Ta'kidlanishicha, ular Los-Blankos futbolchilarining nomaqbul xatti-harakatlarini ko'rsatuvchi to'rtta videoni ilova qilgan. Xususan, bu videolarda Rudiger va Vinisiusning “Atletiko Madrid” muxlislariga provokatsion imo-ishoralar qilgani aks etgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 33111 | Инструменты