Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Xo‘jand shahriga keldi.
Aeroportda davlat rahbarini Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon kutib oldi.
O‘zbekiston rahbarining tashrifi sharafiga davlat bayroqlari ko‘tarildi. Milliy kuy-qo‘shiq va raqslar ijro etildi.
Bugun O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston Prezidentlarining uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Kun tartibiga muvofiq, do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.
Muzokaralar yakunida O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi shartnomani imzolash rejalashtirilgan.
Prezidentlar san’at ustalari ishtirokidagi qo‘shma konsertda ham ishtirok etadilar.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40203 | Инструменты