Yevropa futbol assosiasiyalari ittifoqi (UEFA) 2022/23-yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi nomiga da’vogarlarni e’lon qildi, deya xabar bermoqda tashkilot matbuot xizmati.
Har bir nominatsiyada g'oliblik uchun uchta da'vogar kurashadi.
Bosh murabbiylik unvoniga: Xosep Gvardiola («Manchester Siti»), Simone Indzagi («Inter») va Luchano Spaletti («Napoli»ning sobiq bosh murabbiyi).
Eng yaxshi futbolchi nomiga davogarlar orasida Kevin De Bryuyne va Erling Xoland (ikkalasi ham «Manchester Siti»), shuningdek, Lionel Messi («Inter Mayami») bor edi.
G‘oliblar nomi 31-avgust kuni rasman e’lon qilinadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты