Huawei 1
UEFA prezidenti Yevro-2024ning to‘rt favoritini aytdi

UEFA prezidenti Aleksander Cheferin Yevro-2024ning favoritlarini sanadi.

"Ushbu turnirning favoritlari deya – Germaniya, Fransiya, Angliya va Portugaliya milliy jamoalarini ko‘rsatgan bo‘lardim.

Ammo har doim takrorlab kelaman – Ispaniyani ham hisobda chiqarib bo‘lmaydi. Qolaversa, Xorvatiya, Belgiya, Niderlandiya va hattoki Daniyadan ham ko‘p narsa kutish mumkin", - deydi UYEFA prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, Yevropa chempionati 14-iyundan 14-iyulga qadar Germaniya maydonlarida bo‘lib o‘tadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72720 | Инструменты