Huawei 1
We Global Football nashri O‘zbekistonning Jahon chempionatiga chiqish imkoniyatini yuqori baholadi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining 2026 yil Amerika, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan Jahon chempionatiga chiqish imkoniyati 70.3 foiz deb hisoblanmoqda. Bu haqda “We Global Football” portali xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, guruhda peshqadamlikka Erondan keyingi o‘rinda asosiy da’vogar aynan Srechko Katanets shogirdlari hisoblanadi.

“B” guruhida Janubiy Koreya va Iroq, “C” guruhida esa Yaponiya hamda Avstraliya 1 va 2-o‘rinda tog‘ridan to‘g‘ri mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi taxmin qilinmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi JCH saralashidagi navbatdagi o‘yinini safarda Qirg‘izistonga qarshi o‘tkazadi. 2-turdan o‘rin olgan mazkur bahs 10 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100722 | Инструменты