Bunaqasi tarixda faqat 2 bor sodir bo‘lgan
Futbol bo‘yicha Xorvatiya terma jamoasi darvozaboni Dominik Livakovich kecha, Jahon chempionati ninchoram finali doirasidagi Yaponiyaga qarshi oʻyinning (1:1, pen — 3:1) penaltilar seriyasida raqibning 3ta zarbasini qaytardi.
“Dinamo” Zagrebning 27 yoshli posboni oʻyindan keyingi “lotereya”da Takumi Minamino, Kaoru Mitoma va Maya Yoshidaning gol urishiga imkon bermadi.
Bungacha tarixdagi barcha Jahon chempionatlaridagi penaltilar seriyasida bor-yoʻgʻi ikki darvozabon 3 tadan seyv amalga oshirishga muvaffaq boʻlgandi: 2006-yilda Angliyaga qarshi oʻyinda portugaliyalik Rikardu va 2018-yili Daniya bilan bahsda xorvatiyalik Daniyel Subashich.
Shu tariqa, Livakovich bu bu natijani takrorlagan tarixdagi 3-darvozabon bo‘ldi. U o‘yin so‘ngida “Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi” sovrinini qabul qilib oldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11212 | Инструменты