Yevropa Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichi yakunlandi.
«Atletiko» o‘z maydonida «Real»ga penaltilar seriyasida yutqazdi. «Arsenal» «PSV»ga qarshi o‘yinda asosiy futbolchilariga dam berib, durangga rozi bo‘ldi. «Aston Villa» bitta kam bo‘lib o‘ynagan «Bryugge» darvozasiga javobsiz 3 ta gol urdi. «Lill» mehmoni bo‘lgan «Borussiya» chorak final chiptasi bilan qaytdi.
YChL. 1/8 final
Javob o‘yinlari. 12-mart
Atletiko – Real 1:0 (Penaltilar seriyasi — 2:4). Birinchi o‘yin — 1:2
Gol: Gallaher (1).
Arsenal – PSV 2:2. Birinchi o‘yin — 7:1
Gollar: Zinchenko (6), Rays (37) — Perishich (18), Driux (70).
Aston Villa – Bryugge 3:0. Birinchi o‘yin — 3:1
Gollar: Asensio (50, 61), Matsen (57).
Lill – Borussiya Dortmund 1:2. Birinchi o‘yin — 1:1
Gollar: Jonatan Devid (5) — Emre Jan (54, pen.), Maksimilian Bayer (65).
Shu tariqa chorakfinalning barcha juftliklari ma’lum bo‘ldi:
Alpha version: 0.9.1.19 build 31410 | Инструменты