Huawei 1
Yevro—2024 turniriga qur’a tashlandi

Germaniyaning Gamburg shahrida Yevro—2024 musobaqasiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Fransiya va Niderlandiya bir guruhdan o‘rin oldi. Ispaniya va Xorvatiya B guruhida kurash olib boradi. 

Turnir oldidan so‘nggi saralash bahslari bo‘lib o‘tadi. Ushbu bahslar A yo‘li, B yo‘li va C yo‘li orqali aniqlanadi. A yo‘lida Polsha Estoniyaga qarshi, Uels Finlyandiyaga qarshi bahs olib boradi. Ushbu juftliklar g‘oliblari o‘zaro kurashadi va g‘olib guruhdan o‘rin oladi. B yo‘lida: Isroil — Islandiya, Bosniya va Gersogovina — Ukraina. Shu terma jamoalar o‘rtasidagi yagona g‘olib guruh bosqichiga yo‘l oladi. C yo‘lida: Gruziya — Lyuksemburg, Gretsiya — Qozog‘iston guruh bosqichi yo‘llanmasi uchun kurashadi. 

Yevro—2024 juftliklari quyidagicha ko‘rinish olgan: 

A guruhi

  • Germaniya
  • Shotlandiya
  • Vengriya
  • Shveysariya

B guruhi

  • Ispaniya
  • Xorvatiya
  • Italiya
  • Albaniya

C guruhi

  • Sloveniya
  • Daniya
  • Serbiya
  • Angliya

D guruhi

  • A yo‘li g‘olibi
  • Niderlandiya
  • Avsriya
  • Fransiya

E guruhi

  • Belgiya
  • Slovakiya
  • Ruminiya
  • B yo‘li g‘olibi

F guruhi

  • Turkiya
  • C yo‘li g‘olibi
  • Portugaliya
  • Chexiya

Turnir mezbon Germaniya terma jamoasining Shotlandiyaga qarshi bahsi bilan start oladi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91005 | Инструменты