Yevropa ligasi 1/2 finali birinchi uchrashuvida safarda to‘p surishiga qaramasdan, «Manchester Yunayted» (Angliya) «Atletik» (Ispaniya) ustidan ishonchli g‘alaba qozondi.
Bilbaodagi «San Mames» stadionida o‘tgan o‘yin 3:0 hisobida mehmonlarning foydasiga yakunlandi. Birinchi golni Kazemiro 30-daqiqada kiritdi. 35-daqiqada «Bilbao» himoyachisi Dani Vivian qizil kartochka oldi, 37-daqiqada esa Brunu Fernandesh penaltini golga aylantirdi. U 45-daqiqada dublni rasmiylashtirib, g‘alabani yanada mustahkamladi.
Ushbu juftlikning javob o‘yini 8-may kuni «Old Trafford»da bo‘lib o‘tadi.
Yarim finalning ikkinchi juftligida Norvegiyaning «Budyo-Glimt» klubi safarda «Tottenhem»ga 1:3 hisobida yengildi. Gollarni «Tottenhem»dan Brennan Jonson (1), Jeyms Meddison (34), Dominik Solanke (61, penalti), mehmonlardan Ulrik Saltnes (83) kiritdi.
Inglizcha final bo‘lishi ehtimoli ancha oshdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50301 | Инструменты