Huawei 1
“Kafolat sug‘urta kompaniyasi” va “Uzagrosug‘urta” xorijga chiqayotganlarni sug‘urta qilishni boshladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga transportda chiqish vaqtida xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilingan edi. Shundan kelib chiqib, “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJ va “Uzagrosug‘urta” AJ tomonidan yangi “O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga vaqtincha ishlash maqsadida chiqayotgan fuqarolarni sug‘urta qilish” sug‘urta turi ishlab chiqildi.

Ushbu sug‘urta turi O‘zbekistonning amaldagi qonunchiligiga asosan ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtincha ishlash maqsadida transport vositalarida respublika hududidan tashqariga chiqish davrida sug‘urta qilish shartlarini belgilaydi.

Sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta himoyasi, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtincha ishlash maqsadida Respublika hududidan tashqariga transport vositalarida chiqish davrida va sug‘urta polisida ko‘rsatilgan hududda amal qiladi, yashash mamlakati bundan mustasno.

Sug‘urtalangan shaxsning hayoti va sog‘lig‘i bilan bog‘liq bo‘lgan mulkiy manfaatlari sug‘urta obyekti hisoblanadi.

Sug‘urtalangan shaxsning hayoti sug‘urtalanganda kompensatsiya tamoyili qo‘llaniladi. Unga ko‘ra baxtsiz hodisa yoki to‘satdan kasallanish natijasida Sug‘urtalangan shaxs vafot etsa repatriatsiya xarajatlari qoplab beriladi.

Quyidagilar sug‘urta risklari hisoblanadi:

- Sug‘urtalangan shaxsning to‘satdan shoshilinch tibbiy yordam talab qiladigan kasallikka chalinishi yoki baxtsiz hodisaga uchrashi;

- Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan sug‘urta hodisalari natijasida vafot etishi.

Har bir sug‘urtalangan shaxs uchun sug‘urta summasi 10 000 AQSh dollarini tashkil etadi.

Sug‘urta qoplamasi turi:

• tibbiy xarajatlar 500 AQSH dollari

• tibbiy evakuatsiya 2000 AQSH dollari

• repatriatsiya 7000 AQSH dollari

• kuzatuvchining xarajatlari 500 AQSH dollari

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72719 | Инструменты