Huawei 1
Majburiy sug'urta qilish bo'yicha 10 ta sug'urta kompaniyasi orasida Kafolat SK eng katta ulushga ega

Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha to'lovlarni kafolatlash jamg'armasining ma'lumotlariga ko'ra joriy yilning I-yarmida kompaniya tuzilgan sug'urta shartnomalari soni va tushurilgan sug'urta mukofotlari hajmi bo'yicha 10 ta sug'urta kompaniyalari orasida 19,7 % ulush bilan 2-chi o'rinni egalladi. Ushbu tur bo'yicha kelib tushgan 1210 ta ariza asosida 2 mlrd. 669 mln. 400 ming so'mdan ortiq, sug'urta qoplamasi amalga oshirilgan.

Kafolat SK Majburiy sug'urta departamenti bosh menejeri Urunov Dilshod: Kompaniya sug'urta bozorida to'lovlar soni bo'yicha 25,8%, to'lovlar hajmi bo'yicha esa 24,0% ulush bilan yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha Kafolat sug'urta kompaniyasi joriy yilning I-yarmida 7 mlrd. 900 mln. so'm sug'urta mukofoti jamladi va 10 ta sug'urta kompaniyasi orasida eng katta ulushga ega bo'ldi.

Kelib tushgan arizalar bo'yicha kompaniya tomonidan, 7,3 mlrd. so'm sug'urta qoplamasi to'lab berilgan. Hozirda kompaniyaning sug'urta mukofotlaridagi ulushi 50,5 % ga teng. Bundan tashqari kompaniya tomonidan «Assistans» xizmati ochilishi rejalashtirilgan bo'lib, ushbu xizmat tibbiy maslahatlar, ambulator va statsionar yordamlashish, sug'urta hodisasi ro'y bergan joyning o'zida tez tibbiy yordam ko'rsatishni amalga oshirish, sug'urtalovchilarga axboriy ko'mak berish kabi vazifalarni bajarishi ko'zda tutilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120301 | Инструменты