5 iyun kuni poytaxtda VIII Toshkent sug'urtalash va qayta sug'urtalash bo'yicha xalqaro forumi doirasida sug'urta sohasidagi "Oltin Soyabon" ("Zolotoy zont") jamoatchilik mukofoti laureatlariga diplomlarni topshirish tantanali marosimi o'tkazildi.
[img 1] 5 iyun kuni poytaxtda VIII Toshkent sug'urtalash va qayta sug'urtalash bo'yicha xalqaro forumi doirasida sug'urta sohasidagi “Oltin Soyabon” («Zolotoy zont») jamoatchilik mukofoti laureatlariga diplomlarni topshirish tantanali marosimi o'tkazildi.
Jamoatchilik mukofotining tashkilotchisi - SAIPRO axborot reyting agentligidir. Tantanali taqdirlash marosimi O'zbekiston sug'urta bozori professional qatnashchilari Assotsiatsiyasi ko'magida o'tkaziladi.
Har yili sug'urta sohasida faoliyat yuritayotgan eng yaxshi kompaniyalar va mutaxassislarga topishiriladigan “Oltin soyabon” jamoatchilik mukofoti sug'urta sektorini rivojlantirish va o'rnini oshirishga ko'maklashadi. Mukofot sug'urtalashni ommalashtirish hamda jamoatchilikning sug'urta sohasiga oid ijobiy fikrini shakllantirish, shu orqali mamlakatda sug'urta madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.
[img 2] Mukofot laureatlari ekspertlar hay'ati tomonidan tanlov natijalariga ko'ra aniqlanadi. Ushbu tanlovning asosida sug'urta sohasining yetakchi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan mezonlar yotadi.
Har yili "Oltin soyabon" jamoatchilik mukofoti mamlakatimiz sug'urta sohasini har tomonlama qamrab oluvchi nominatsiyalar bo'yicha o'tkaziladi va ommaviy axborot vositalarida kng yoritiladigan tantanali marosimda topshiriladi.
Ekspertlar hay'ati fikriga ko'ra, bu yilgi mukofotga nomzodi qo'yilganlar – bu professionallar, o'z ishining ustalari bo'lib, ularning yuqori nufuzi, ko'rsatayotgan xizmatlarining sifati va obro'si sug'urta bozorini samarali rivojlantirishga ko'maklashadi.
Bu yilgi g'oliblar:
[img 3] “Yilning eng yaxshi sug'urta kompaniyasi” – “O'zbekinvest” EIMSK
“Yilning sug'urta sohasidagi eng yaxshi mutaxassisi” - Otabek Nazarov, “Ishonch” BSK Bosh direktorining birinchi o'rinbosari
“Sug'urta bozori professional qatnashchisining eng yaxshi rahbari” – Tohirjon Iminov, “Alskom” SK Bosh direktori
“Sug'urta kompaniyasi hududiy bo'linmasining eng yaxshi rahbari” – Ilhom Muzrapov, “Kapital sug'urta” SK Surxondaryo filiali direktori
“Qishloq joylarda sug'urtani targ'ib qilganligi uchun” – “O'zagrosug'urta” DASK
Alpha version: 0.9.1.19 build 21702 | Инструменты