Oʻzbekistonda korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan shaxslarning maxsus elektron reyestrini yuritish tartibi belgilanmoqda. Ushbu roʻyxatga kiritilganlarga sudlanganlik muddati davomida davlat xizmatiga kirish, rahbarlik lavozimlarini egallash hamda oʻz kompaniyalari orqali davlat xaridlarida ishtirok etish kabi qator taqiqlar qoʻllaniladi.
Davlat rahbari ushbu maktubda nafaqat o‘z nabirasiga, balki O‘zbekistonning barcha bolalariga ilm-ma’rifat, vaqt qadri, vatanparvarlik va matonat borasida muhim nasihatlarini yo‘lladi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan taqdim etilgan Jahongir Sabitaliyevich Jumanov nomzodi tuman deputatlari tomonidan yakdillik bilan qoʻllab-quvvatlangan.
Respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlari hamda eng chekka janubidan tashqarida dushanba kechga tomon, seshanba kunduzi esa respublikaning ayrim joylarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Qirgʻizistonning Jalolobod viloyatida qurilishi tugallanmagan restoran binosida yongʻin chiqqan. Natijada shu yerda ishlagan ikki oʻzbekistonlik vafot etib, yana bir kishi ogʻir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.
O‘zbekistonda 2026-yilda oylik maoshlar 14 foizga, iqtisodiyot esa 7,1 foizga o‘sishi kutilmoqda. Moliya ekspertlari oktabr oyi yakunlari bo‘yicha inflyatsiya, asosiy stavka va daromadlar o‘sishiga oid yangi prognozlarni taqdim etdi.
O‘zbekistonda kino sohasini boshqarish tizimi isloh qilinmoqda. 2028-yildan boshlab barcha kinoteatrlar yagona chipta axborot tizimiga ulanadi. Shuningdek, O‘zbekistonda “O‘zbekfilm” milliy onlayn kinoplatformasi ishga tushiriladi.
Begmurod Akbarov Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumani hokimi etib tayinlandi. G‘ayratjon Hamroyev esa Qashqadaryo viloyatining Nishon tumani hokimi bo‘ldi.
Yil boshidan buyon O‘zbekistonda 70 yosh va undan katta bo‘lgan 218 nafar erkak qonuniy nikohdan o‘tdi. Umumiy hisobda 9 oy davomida mamlakat bo‘ylab 172 mingta yangi oila barpo etildi.
Yangi texnologiya sinov tariqasida qo‘llanmoqda. Agar u o‘zini oqlasa, bunday o‘tish joylari poytaxtning boshqa hududlarida ham paydo bo‘lishi mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112410 | Инструменты