Huawei 1
15 iyuldan eng kam ish haqi miqdori 7 % ga oshadi

Farmon bilan 2018 yilning 15 iyulidan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori o'rta hisobda 1,07 baravar oshirildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

2018 yilning 15 iyulidan boshlab O'zbekiston  hududida eng kam:

- ish haqi – oyiga 184 300 so'm;

- yoshga doir pensiyalar – oyiga 360 460 so'm;

- bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – oyiga 360 460 so'm;

- zarur ish stajiga ega bo'lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 221 190 so'm miqdorida belgilandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 80411 | Инструменты