Namangan viloyati Norin va Sirdaryodan suv oladi, 2 ta magistral kanal va 9 ta suv ombori mavjud. Lekin, Namanganning gidroenergetikadagi salohiyati ishga solinmagan edi.
Kecha Norin daryosida GESlar kaskadi qurilishiga start berildi. Bu yerda 228 megavattli 6 ta stansiya yiliga 1 milliard kilovatt elektr chiqaradi. Kelgusi yilda Katta Andijon kanalida 51 megavattli “Qo‘g‘ay-1,2”, “Beshqo‘rg‘on-1,2” kichik GESlar kaskadi ham ishga tushadi.
Shu yili Popda 1 ming megavattli 2 ta quyosh elektr stansiyasi barpo qilinadi. Bu ham 2,2 milliard kilovatt elektr, degani.
Natijada viloyat o‘z ehtiyojini to‘liq qoplab, yiliga 2,5 milliard kilovatt elektr eksport qiladi.
Prezident qishloq xo‘jaligi tarmoqlariga alohida to‘xtaldi.
Namanganda suv manbalari serob bo‘lgani bilan, suv tejovchi texnologiyalarni birinchi navbatda shu hududda joriy qilish shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
Joriy yilda 60 ming gektarda suv tejovchi texnologiyani joriy qilish va 40 ming gektarni lazerli tekislash yuzasidan mutasaddilarga ko‘rsatma berildi.
Shuningdek, viloyatdagi kanallarni betonlash, “Chorkesar”, “Zarkent” va “Isparon” suv omborlarini qurish, “Chust” va “M-2” kanalini taʼmirlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110709 | Инструменты