Huawei 1
6-noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampga Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti saylovida g‘alaba qozonib, ushbu lavozimga saylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

Ayrim texnik vositalar soliq va bojdan ozod qilinadi

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Soliq hamda Bojxona kodekslariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.

Shavkat Mirziyoyev Yaqin Sharqdagi nizoning yagona yechimini aytdi

O‘zbekiston Prezidenti Turkiy davlatlar tashkiloti davlat rahbarlari kengashi majlisida so‘zlagan nutqida Isroilning Falastin qochoqlariga yordam berish bo‘yicha maxsus agentligi faoliyatini cheklashga qaratilgan harakatlarni qoraladi.

Qoraqalpog‘iston, Xorazm va Andijonda mansabdorlar pora bilan qo‘lga tushdi

Hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda aholiga psixologik yordam ko‘rsatishni tartibga soladigan qonun qabul qilindi

Psixologik yordamni bunday huquqqa ega bo'lmagan shaxs tomonidan ko'rsatish yoxud aholiga psixologik yordam ko'rsatish to'g'risidagi qonunchilikda belgilangan cheklovlarga rioya etmaganlik uchun ma'muriy javobgarlik belgilandi.

Toshkentda uy-joy ijara narxlarining oshishi sekinlashdi

Joriy yilning oktabr oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun ijara narxlarining oshishi sekinlashdi.

Ma'rifiy faoliyatni amalga oshirish tartibi belgilandi

Unga ko'ra, ma'rifiy faoliyat shaxsning shaxsiy, intellektual va ma'naviy jihatdan kamol topishi, ijtimoiy va iqtisodiy faolligini oshirish, intellektual va ijodiy faoliyatini namoyon etish, individual salohiyatini, imkoniyatlarini, muloqot qilish qobiliyatlarini yaxshilash uchun zarur ko'nikmalar va malakalarni shakllantirishga qaratilgan, davlat ta'lim standartlari bilan qamrab olinmaydigan faoliyat turi hisoblanadi.

Mamarizo Nurmuratov: Biz onlayn-bankingni haddan tashqari liberallashtirib yubordik

Markaziy bank raisi asosiy maqsad — fuqarolarning xavfsizligi va mablag‘larini ta’minlash ekanini ta’kidladi. U to‘lov tashkilotlari va banklarning daromadidan tashqari, mablag‘larning xavfsizligini ta’minlash zarurligini ham qayd etdi.

2025-yil yakunigacha 32 mingdan ortiq elektromobillarni zaryadlash stansiyalarini o‘rtanish rejalashtirilmoqda

2025-yilning 1-fevralidan yangi loyihalashtiriladigan avtoturargohlarning kamida 5%i elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini joylashtirish uchun ajratiladi.

Xalq tabobati yo'nalishida ruxsat etilmagan usullarda davolash xizmatlarini reklama qilish taqiqlandi

Mazkur xizmatlarni omma oldida targ'ib qilganlik uchun ham ma'muriy javobgarlik o'rnatilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110620 | Инструменты