Huawei 1
2025-yilgi Davlat dasturi loyihasi keng jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirish boʻyicha davlat dasturi va uni tasdiqlash toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihalari ishlab chiqilib, keng jamoatchilik muhokamasi uchun e'lon qilindi.

Davlat dasturi loyihasida 5 ta ustuvor yoʻnalish bo'yicha 2025-yil uchun amaliy chora-tadbirlar, normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati va maqsadli koʻrsatkichlar nazarda tutilmoqda.

Loyiha 2025-yil 22-yanvarga qadar keng jamoatchilik va ekspertlik muhokamalaridan oʻtkaziladi.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi jamoasi barcha yurtdoshlarimizdan 2025-yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok etib, oʻz takliflarini Markazning maxsus uzbekistan2030.uz onlayn portali orqali bildirishlarini soʻraydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10911 | Инструменты