O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Parlamentga Murojaatnoma yo'llamoqda.
Yig‘ilishda parlament rahbariyati va a'zolari, O‘zbekiston hukumati, viloyatlar hokimlari, akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpuslar va jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda.
Murojaat davomida nutq so‘zlayotgan prezident kirib kelayotgan yangi — 2023-yilni O‘zbekistonda "Insonga e’tibor va sifatli ta’lim" yili deb e'lon qilishni taklif etdi.
Shavkat Mirziyoyev ta’lim sifatini oshirish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘li ekanligini aytdi.
"Ushbu sohada boshlagan islohotlarimizni davom ettirishimiz, ta’lim dargohlariga borib, o‘qituvchi va murabbiylar bilan ko‘proq muloqot qilib, sifatni oshirish bo‘yicha ular qo‘ygan masalalarni birgalikda hal qilishimiz kerak. Biz kelgusi yil Davlat dasturiga xalqimiz ko‘targan barcha masalalarni aniq yechimlari bilan kiritamiz. Ushbu jarayonlarda deputat va senatorlar, mahalla vakillari, ziyolilar, yoshlar, tadbirkorlar va keng jamoatchiligimizdan faol bo‘lishlarini, yangi-yangi taklif va tashabbuslar bildirishlarini so‘rayman", — dedi davlat rahbari.
Ma'lumot uchun, O‘zbekistonda 1997-yildan boshlab har bir yilga shu davr ichida taraqqiyotning muhim yo‘nalishlarini ifoda etadigan nom berish an'anaga aylangan. 1997-2022 yillar oralig‘ida yillarga quyidagicha nom berilgan:
2022 yil — Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili
2021 yil — Yoshlarni qo'llab quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili
2020 yil — Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili
2019 yil — Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili
2018 yil — Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili
2017 yil — Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili
2016 yil — Sog‘lom ona va bola yili
2015 yil — Keksalarni e'zozlash yili
2014 yil — Sog‘lom bola yili
2013 yil — Obod turmush yili
2012 yil — Mustahkam oila yili
2011 yil — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili
2010 yil — Barkamol avlod yili
2009 yil — Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili
2008 yil — Yoshlar yili
2007 yil — Ijtimoiy himoya yili
2006 yil — Homiylar va shifokorlar yili
2005 yil — Sihat-salomatlik yili
2004 yil — Mehr va muruvvat yili
2003 yil — Obod mahalla yili
2002 yil — Qariyalarni qadrlash yili
2001 yil — Onalar va bolalar yili
2000 yil — Sog‘lom avlod yili
1999 yil — Ayollar yili
1998 yil — Oila yili
1997 yil — Inson manfaatlari yili
Alpha version: 0.9.1.19 build 120301 | Инструменты