Yerevanga tashrif doirasida Bosh vaziri Abdulla Aripov Eron Islom Respublikasi Birinchi vitse-prezidenti Muhammad Rizo Oref bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.
Davlatlar rahbarlari tomonidan ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.
Uchrashuvda Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi hamda uning doirasidagi biznes-forumga puxta tayyorgarlik ko‘rish, davlatlarimiz o‘rtasida turli sohalarda sanoat kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Yerevanga tashrif doirasida Yevroosiyo iqtisodiy forumida ham ishtirok etdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 123022 | Инструменты