Huawei 1
Afg‘oniston temiryo‘l masalasini muhokama qilish uchun O‘zbekistonga vakil jo‘natdi

19-fevral kuni Afg‘oniston temiryo‘l boshqarmasi rahbari yetakchiligidagi delegatsiya Transafg‘on temiryo‘li masalasida yangi hamkorlikka erishish uchun Qobuldan Toshkentga jo‘natildi. Bu haqda Ariana News nashri xabar berdi.

Afg‘oniston temiryo‘l boshqarmasi rahbari vazifasini bajaruvchi Baxtur Rahmon Sharafat va uning delegatsiyasi O‘zbekiston poytaxti Toshkentga tashrif buyurgan. 

Delegatsiya vakillari tomonlar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan tashkil etiladigan ikki tomonlama uchrashuvlarda qatnashadi.

Afg‘oniston delegatsiyasi rahbari Baxtur Sharafat O‘zbekistonga safari davomida Hayraton maʼmuriy binosi va hozirda qurilayotgan O‘zbekistonning Termiz vokzaliga ham tashrif buyurishi rejalashtirilgan. Uchrashuvning qolgan tafsilotlari keyinchalik maʼlum qilinishi aytilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122306 | Инструменты