Misrdagi islom olamining nufuzli ilmiy-diniy markazi — Al-Azhar rahbariyati O‘zbekiston bilan ilmiy va maʼrifiy sohadagi hamkorlikni yana-da kengaytirishga tayyorligini bildirdi. Bosh imom shayx Ahmad at-Tayyib O‘zbekiston delegatsiyasi bilan uchrashuvda ikki tomonlama ilmiy loyihalarni yo‘lga qo‘yish muhimligini taʼkidladi.
Uchrashuvda taʼlim va ilm-fan sohasidagi qator qo‘shma tashabbuslar muhokama qilindi. Jumladan, quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqildi:
ulamolar va mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
o‘zbek talabalarining Al-Azharda taʼlim olishini qo‘llab-quvvatlash;
qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish;
konferensiyalar, master-klasslar va o‘quv seminarlarini tashkil etish.
O‘zbekiston tomoni uchrashuv davomida mamlakatda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, ekstremizm va radikal g‘oyalarning oldini olish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, yoshlar bilan ishlashda maʼrifatning o‘rni haqida maʼlumot berdi.
Shayx Ahmad at-Tayyib O‘zbekiston bilan hamkorlikni tarixan muhim aloqa sifatida baholab, ikki mamlakat o‘rtasidagi ilmiy va taʼlimiy munosabatlarni yana-da chuqurlashtirish zarurligini taʼkidladi.
Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida:
qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish;
akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
talabalar va mutaxassislar uchun qo‘shimcha grantlar ajratish;
maʼrifiy tadbirlarini muntazam o‘tkazish bӯyicha kelishib olganini bildirdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121014 | Инструменты