Bugun Kinochilar uyida Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Abdurahmonov, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Administratsiya va Vazirlar Mahkamasi masʼullari, Kinematografiya agentligi rahbariyati va tizim tashkilotlari xodimlari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Unda Alisher Xodjayev Kinematografiya agentligi direktori oʻrinbosari lavozimiga tayinlanganligi oʻqib eshittirildi va Agentlik jamoasiga tanishtirildi.
Maʼlumot uchun, u 2005-yil aprelidan 2024-yil fevraligacha Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasini boshqargan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122305 | Инструменты