Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Anvar Alimov Akademik Yo. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Anvar Alimov 1978-yilda hozirgi Toshkent pediatriya tibbiyot institutini tamomlagan. Turli yillarda Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida dekan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida konsultant, yetakchi konsultant, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari, Sog‘liqni saqlash vaziri, Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori kabi masʼul lavozimlarda ishlagan.
O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi, tibbiyot fanlari doktori, professor Anvar Alimov tayinlovga qadar Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20516 | Инструменты