Oʻzbekistonning yangi elchisi Ashraf Xoʻjayev Qatar tashqi ishlar vaziri Sulton bin Saad Al-Murayxiyga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, suhbat chogʻida ikki tomonlama hamkorlikning keng koʻlamli masalalari, shuningdek, Markaziy Osiyo — Koʻrfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi formatidagi oʻzaro hamkorlik yuzasidan fikr almashildi.
Iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish, oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish va qoʻshma sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik qilishdan oʻzaro manfaatdorlik bildirildi.
Turli darajadagi oʻzaro aloqalarni faollashtirish, jumladan, 2024 yilda tashrif va tadbirlarni tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90808 | Инструменты