Mahmadaliyev Bahrom Samadovich - Qashqadaryo viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi Axborot xizmati xabar qildi.
U ushbu tayinlovga qadar viloyat Statistika boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Bahrom Mahmadaliyev 1968-yil Qamashi tumanida tug‘ilgan. Toshkent moliya institutini tamomlagan.
Ma’lumot uchun, viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelgan Fayzulla Yusupov Chiroqchi tumani hokimi etib tayinlangan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 41918 | Инструменты