Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoniga asosan, O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi bosh direktori Baxtiyar Xamidov "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi" faxriy unvoni bilan mukofotlandi.
Davlat rahbarining topshiriqlari bilan Bosh vazir Abdulla Aripov Prezident nomlaridan ushbu yuksak unvonni Baxtiyar Xamidovga topshirdi.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasida tashkil etilgan tadbirda Baxtiyar Xamidovning mustaqil O‘zbekiston tarixining eng murakkab va sinovli davrlarida davlatchiligimiz asoslarini mustahkamlash, xalq xo‘jaligi tarmoqlari iqtisodiyotini yuksaltirish borasidagi fidokorona xizmatlari hususida so‘z yuritildi.
O‘z navbatida, Baxtiyar Xamidov Prezidentimizga davlatimizning yuksak unvoni bilan taqdirlagani uchun o‘z minnatdorligini bildirdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122219 | Инструменты