Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning "Uzreport.news" manbasiga ma'lum qilishicha, Navoiy viloyati prokurori Baxtiyor Ahmedov hozirda Bosh prokuratura boshqarma boshlig'i o'rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Baxtiyor Ahmedov 2020-yil 26-noyabr kunidan Navoiy viloyati prokurori lavozimida ishlab kelayotgan edi. Bungacha u Sirdaryo viloyati prokurorining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22303 | Инструменты