Huawei 1
Baxtiyor Saidov AQSH davlat kotibi Marko Rubio bilan telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov AQSH davlat kotibi Marko Rubio bilan telefon orqali muloqot qildi.

"AQSh Davlat kotibi Marko Rubio janoblari bilan birgalikda telefon orqali samimiy va samarali suhbat qurdik. Ikki va ko‘p tomonlama aloqalarining muhim mavzularini muhokama qildik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va AQSh Davlat departamenti mamlakatlarimiz oʻrtasidagi strategik sheriklikni barcha sohalarda kengaytirish yoʻlida yaqin hamkorlikni davom ettirishiga kelishib oldik. 

Ishbilarmon doiralar oʻrtasida mustahkam koʻpriklar barpo etish, har ikki yoʻnalishda tovar ayirboshlash hajmini oshirish, Markaziy Osiyo va undan tashqarida farovon taraqqiyotni taʼminlash kun tartibimizning asosiy qismidan o‘rin oldi", - deya yozgan TIV rahbari o'z rasmiy sahifasida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22220 | Инструменты